Bizning faxrimiz

Chuyanova Yelena Alijan qizi

 Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat Monitoring va tahlil bolimida Bosh mutaxassis.

Chuyanova Yelena Alijan qizi 1996-yil 31-may kuni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘ida tug‘ilgan.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs magistranti Yelena Chuyanovaning mehnat faoliyati:

- 2013-2014-yy. - Qashqadaryo viloyati “Barkamol avlod” gazetasida kichik muxbir;

- 2014-2015-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muassisligidagi “Vatanparvar” birlashgan tahririyatida kichik muxbir;

- 2016-2017 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida;

- 2017-dan hozirgacha (birinchi faoliyati)

Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat Monitoring va tahlil bo‘limida Bosh mutaxassis;

- 01.08.2019dan hozirgacha (ikkinchi faoliyati)

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi bo‘lim boshlig‘i

Yutuqlari: O‘zbekiston Milliy universiteti stipendiyasi sohibasi;

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni sohibasi;

Turkiya Respublikasida tashkil etilgan ICYF MEDIA TRAINING CAMP tinglovchisi va tashkilotchilar tomonidan berilgan 3 ta sertifikat sohibasi;

Bir qator ilmiy maqolalar va fan olimpiadasi sovrindori.

Maqsadi: O‘zbekistonning jurnalistika maydonida marketing va menedjmentni rivojlantirish;

Reklama to‘g‘risidagi qonunning tahririni ishlab chiqish;

Harbiy jurnalist bo‘lish va O‘zbekistonning diplomatik al oqalarini yanada mustahkamlash.


Ormonova Yulduz Ne’matjon qizi

 

O‘rmonova Yulduz Ne’matjon qiziO‘rmonova Yulduz Ne’matjon qizi 1995-yil 2-avgust kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi yo‘nalishini (2018) hamda.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oliy jurnalistika kurslari magistratura bosqichini muvafaqqiyatli tamomlagan (2020).

Yulduz Ormonova mehnat faoliyati:

- 2009-2011 yy. – Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani “Haqiqat” gazetasida jamoatchi muxbir;

- 2016-2017 yy. – “Moziydan sado” ilmiy jurnalida musahhih;

- 2018-2020 yy. – “Xalq so‘zi” gazetasida kichik adabiy xodim;

Yutuqlari: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi (2011);

“Sahitya Shree” xalqaro adabiy mukofoti sohibasi (2016);

Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha Prezident stipendiati (2019);
“Qaldirg‘och” adabiy ko‘rik-tanlovi she’riyat yo‘nalishi g‘olibi (2010).

Har yili Hindistonda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Kafla” jahon shoir va yozuvchilari anjumani, shuningdek, yurtimizda an’naviy tarzda o‘tkaziladigan “Marg‘ilon mushoirasi”, “Shahrixonsoy mavjlari”, Do‘rmon ijod uyida o‘tkaziladigan “Iste’dod maktabi-IV” seminari, Respublika yosh ijodkorlarining ilk anjumani ishtirokchisi. 2013-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazini “Yoshlarda rahbarlik mahorati” maxsus kursini muvafaqqiyatli tamomlab, jamg‘arma tomonidan Sertifikat bilan taqdirlangan.

She’rlari, tarjimalari va ilmiy maqolalari AQSH, Hindiston, Ispaniya va BAA ilmiy va badiiy nashrlarida bir necha bor e’lon qilingan. Ijodiy ishlari “Sozimda Vatan vasfi”, “Istiqlol farzandlari”, “Onajon” respublika yoh ijodkorlar almanahida, shuningdek, Hindistonda chop etilgan “XXI World Literature”, Kanadada nashr qilingan “Creative parallels” dunyo shoirlari bayozida va 2020-yil Italiyada chop etilgan “O‘zbek she’riyati” antalogiyasida e’lon qilingan.

Maqsadi: Tarix jurnalistikasi va siyosiy jurnalistika tarmoqlari rivojiga hissa qo‘shish.

O‘zbekistonning xorij mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarini yanada mustahkamlanishida ishtirok etish.

Qolaversa, xalq muammolarini ochiq va oshkoralik bilan yoritish.