Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekiston jurnalistika va
ommaviy kommunikatsiyalar
universiteti rektorining

2020-yil 4 noyabrdagi 340-sonli

buyrug‘i bilan tasdiqlangan 1-ilova

 

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti  xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari

 

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Universitet xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) xodimlarning egallab turgan lavozimidan qat’i nazar korrupsiyaga qarshi kurashish, kasbiy odob-axloqning umumiy printsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iborat.

1.2. Qoidalar korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va                                shart-sharoitlarini bartaraf etishga, davlat xizmatchilarini yuksak huquqiy onglilik, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huqiqiy hujjatlariga qatʼiy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga yo‘naltirilgan.

1.3. Xodimning qoidalarga amal qilish majburiyati Universitetga ishga qabul qilingan kundan eʼtiboran kelib chiqadi.

Ishga kirayotgan shaxslar qoidalar bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladilar.

1.4. Xodimlar barcha qonun hujjatlari va qoidalar talablariga rioya etishlari shart. Qoidalarga rioya etish xodimlarning kasbiy foliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

 

  1. XODIMLARNING XIZMATDAGI XULQ-ATVORINING ASOSIY PRINTSIPLARI VA QOIDALARI

 

2.1. Xodimlar o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi printsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:

  1. a) qonuniylik;
  2. b) fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
  3. d) ochiqlik va shaffoflik;
  4. e) tizimlilik;
  5. f) davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
  6. g) vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik;
  7. h) davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
  8. j) adolatlik, halollik va holislik;
  9. k) manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
  10. l) korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga doir chora tadbirlar ustuvorligi;
  11. m) javobgarlikning muqarrarligi.

2.2. Xodimlar quyidagilarga majbur:

- xizmat vazifalarini bajarishda davlat printsiplari va talablariga qatʼiy rioya etish;

- o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;

- yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida sifatli bajarish;

- o‘z foliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarida belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning taʼsiridan mustaqil bo‘lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarining taʼsiri bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlariga barham berish;

-normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini og‘ishmay bajarish;

- o‘z xizmat faoliyatiga biror-bir taʼsir ko‘rsatish imkoniyatiga barham berish;,

O‘zbekiston  Respublikasi va boshqa davlat xalqlarining urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruxlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo totuvlikka ko‘maklashish;

O‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shunindek o‘z obro‘siga yoki davlat organining nufuziga zarar yetkazishga qodir bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

-xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar faoliyatiga noqonuniy taʼsir ko‘rsatish uchun foydalanmaslik;

- sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga doir chora tadbirlarni amalga oshirish;

2.3. Siyosiy, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik, shunindek shaxsiy vajlar va boshqa subʼyektiv sabablar xodimlarning qonun hujjatlari talablarini va qoidalarni buzishga asos bo‘la olmaydi.

2.4. Аgar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan birorbir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlanadi.

2.5. Xodimlar korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.

Xodimlar o‘z Rahbarlarini yoxud huquqni muhofaza qilish organlarini ularni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida biror-bir shaxslarning qilgan murojaatlarining barcha holatlari to‘g‘risida, shuningdek boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan har qanday holatlari haqida xabardor qilish shart.

Rahbarlar qonunchilikning buzilishi faktlari to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr va murojaatdagi tanqidi uchun, huddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun xodimlarning ishdan bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta’kib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashi kerak.

2.6. Xodimlar kasbiy foliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotning saklanishini va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishlari shart, ularning oshkor etilganligi uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

2.7. Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmasida ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashish lozim, u o‘ziga bo‘ysinuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek qonunga xilof hatti-xarakatlarni sodir etishga undamaslik kerak.

Rahbar xodimlarni qarindoshlik, hamshaxarlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va                   joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi zarur. U guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizm ko‘rinishlari, shuningdek o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qat’iy ravishda oldini olish lozim.

Rahbar:

- manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibiga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralarini ko‘rish;

- xodimlarni samarali boshqarish, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi shart.

Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvor prinsiplari va qoidalarni buzayotgan xodimlarning xati-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l ko‘yilmasligi uchun javob beradi.

2.8. Xodimlar o‘zlarining xizmat vazifalariga bo‘lgan munosabati bilan jamoada ishchanlik, o‘zaro hayrixohlik va amaliy hamkorlik muhitini qaror toptirishga intilishlari kerak.

Xodimlar hushmuoamala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan o‘zaro munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart.

Xodimlar o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘masligi kerak.

Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish shartlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog‘liq holda xodimlarning tashqi ko‘rinishi fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak.

2.9. Xodimlar xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayri ijtimoiy хatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

 

 

 

 

III.Manfaatlar to‘qnashuvi

 

3.1. Xodimlar o‘zxizmatvazifalarinibajarishdamanfaatlarto‘qnashuvigasababbo‘ladigan shaxsiymanfaatdorlikholatlarigayo‘l qo‘ymasliklarikerak. Manfaatlarto‘qnashuvixodimlarningshaxsiymanfaatlariularni o‘zxizmatvazifalarinixolisonavabeg‘arazbajarishgata’sirko‘rsatadiganyokita’sirko‘rsatishimumkinbo‘lganholatlardapaydobo‘ladi.

Xodimlarning shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun xar qanday naf ko‘rish yoki afzalliklariga ega bo‘lishini o‘z ichiga oladi.

Manfaatlarto‘qnashuviyuzagakelgantaqdirdaxodimlaro‘zrahbarinidarholxabardorkilishikerak.Manfaatlarto‘qnashuvimavjudligito‘g‘risidagima’lumotniolgan rahbarunitartibgakeltirishbo‘yicha o‘zvaqtidachoralarko‘rishishart.

3.2. Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog֥‘liq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi

Xodimlar o‘zlarining xizmat vazifalarini talab darajasida bajarishga yoki ularga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatini amalga oshirmasligi, shuningdek lavozimni egallamasligi kerak.

Xodimlar xar qanday holatlarda ham o‘z xizmat mavqeidan mumkin bo‘lmagan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.

Xodimlar o‘z rahbarini manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtiroki etish to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

3.3. Xodimlar lavozimga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.

3.4. Xodimlar xizmatdan tashkari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

 

 

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

 

4.1. Korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

4.2. Korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.

4.3. Xodimlar tomonidan qoidalarning buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.

  4.4. Xodimlar tomonidan qoidalarga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tavsiya etish uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda, taqdirlash yoki mukofotlarga tavsiya etishda hisobga olinadi.

4.5. Qoidalarda nazarda tutilgan normalarning buzilishi maxsus tarkibiy bo‘linma yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasi, maxsus tarkibiy bo‘linma mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli bo‘linmalar xodimlaridan odatda 5-11 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari rahbar tomonidan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.

Qoidalarning buzilishi holatlarini maxsus tarkibiy bo‘linma yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish va                     odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘grisida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda qoidalarni buzgan xodimni javobgarlikka tortish to‘grisidagi taklif rahbarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasi xodimga nisbatan qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘grisidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.

Xodimlar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek  rahbarning qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

  1. Yakuniy qoidalar

 

5.1. Zarurat bo‘lganda ushbu qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.