Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi – iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Bo‘lim kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tanlaydi, ularni o‘zlari qiziqqan fan sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltiradi va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi.
Bo‘lim Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to‘la ishtirokini ta’minlaydi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining mamlakatimizdagi boshqa ilmiy markazlar va institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan aloqasini o‘rnatadi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining vazifalari quyidagilar:
– Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
– Iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil etish;
– Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpidalari, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari, “Yoshlar Ittifoqi” jamg‘armasi, xorijiy fondlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish;
– Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishga yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Iqtidorli talabalar bo`limining telegram kanali: https://t.me/UzJOKU_iqtidorli_talabalar
Ma’lumot uchun:
tel: +998909913797