Volter Kronkayt, amerikalik telejurnalist “Matbuot erkinligi shunchaki demokratiya uchun muhim emas, uning o‘zi demokratiya”.
Amerikalik mashhur telejurnalist va teleboshlovchi Volter Kronkayt 1916-yilning 4-noyabrida AQSHning Missuri shtatida shifokorlar oilasida tavallud topgan. U 1962-yildan 1981-yilgacha 19-yil davomida “CBS” telekanalida kechki yangiliklarining doimiy muallifi sifatida tanilgan.
1970 va 1980-yillarda “CBS” telekanali barcha reytinglarda eng yuqorida turgan davrda, Kronkayt keng jamoatchilik so‘rovlariga ko‘ra, amerikaliklar tomonidan eng ishonchli shaxs sifatida qaralgan.
Kronkayt 1981-yilda o‘z tele efirlarini to‘xtatadi, ammo oxirgi kungacha u televizion kompaniya xodimlarida qatorida bo‘lib, vaqti-vaqti bilan ekranlarda paydo bo‘lib turdi. 2006-yilda u prezident Jorj Bushni Iroqdan AQSH qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi.
1997-yilda Volter Kronkayt “Reporterning hayoti” tarjimai holi nashr etildi va tez orada bestsellerga aylandi.
Volter Kronkayt jurnalistika sohasidagi nufuzli bir qator mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Uning kasbiy uslublari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan sobiq ittifoqdagi jurnalistika fakulteti talabalariga ham o‘rgatilgan.
Volter Kronkayt 2009-yil 17-iyulda Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi.