Stipendiyalar va grantlar

Universitet kafedra mudirlariga tanishish uchun!

UNESCO/L’OREAL mukofotining 2022-yil tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod quydagi asosiy talablarga javob berish kerak:

- xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilgan bo‘lishi;

- ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;

- tabiiy fanlar, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga tegishli sohalar bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritishi.

Tanlovda qatnashish uchun to‘ldiriladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:

- nomzodning batafsil tarjimai holi;

- nomzodning mazkur mukofotga loyiqligini asoslovchi tavsiyanoma (tavsiya qiluvchi ilmiy muassasa yoki tashkilot tomonidan beriladi);

- nomzodning ilmiy nashr va patentlarining to‘liq ro‘yxati;

- nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashrlarining ro‘yxati (muhimlik tartibi bo‘yicha), dolzarbligini asoslovchi qisqa tezislar bilan birgalikda;

- nomzodning eng muhim o‘nta ilmiy nashrlarining nusxalari;

- xorijiy ilmiy muassasa yoki olimlar tomonidan tavsiyanomalar (3-5ta).

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzod hujjatlari maxsus platforma (www.forwomeninscience.com) orqali joriy yilning 31-may kuniga qadar onlayn shaklda taqdim etiladi.

Murojaat uchun telefon: (71) 205-50-06 UNESCO ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

 


Universitet jamoasiga tanishtirish uchun!

Universitet jamoasiga tanishtirish uchun! UNESCO ishlari buyicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining ma’mumotiga ko‘ra 2021-yil uchun “Barchani qamrab oluvchi (inklyuziv) masofaviy va raqamli savodxonlik” mavzusiga bag‘ishlangan Savodxonlik sohasidagi Xalqaro mukofoti e’lon qilingan. Ushbu mukofot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Kirol Sejong nomidagi Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish”ga xissa ko‘shgan nomzodlarni taqdirlashga karatilgan UNESCO mukofoti;

- Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalk Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Qishloq hududlaridagi texnologiyalardan foydalangan holda katta yoshlilar va yoshlarning savodxonligini oshirish”ga xissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan UNESCO mukofoti.

Tanlov shartlariga kura, Qirol Sejong nomidagi mukofoti uch nafar nomzodga (har biriga 20000 AQSh dollari) xamda Konfutsiy nomidagi mukofoti uch nafar nomzodga (har biriga 30000 AQSh dollaridan) taqdim etiladi.

Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va mukofot mablag‘lari bilan taqdirlanadilar. Mazkur UNESCO tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: http://en.unesco.org/themes/literacy/prizes. UNESCOning savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar: www.unesco.org/ilp/account veb-sahifasidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tanlovda ishtirok etish uchun veb-sahifasida keltirilgan maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to‘ldirilib yuborilishi zarurOnlayn hujjat topshirish muddati: 2021-yil 13-iyun. UNESCO so‘roviga ko‘ra onlayn taqdim etilgan nomzodnomalar UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyati tomonidan joriy yil 27-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.

Tanlov bilan bog‘lik bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot uchun liieracyprizes@unesco.org elektron manzilga murojaat qilish mumkin.