Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti

Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti:

Umumiy talabalar soni: 531 ta

Fakultet xodimlari:

Xalqaro munosabatlar va

ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, s.f.b.f.d. PhD - Otabek Yuldashev                                 

Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti oʻquv ishlari bo‘yicha dekani oʻrinbosari - Akbar Elmurodov

 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari - Gulxayo Elmuradova  

Uslubchilar: O’ktam Berdaliyev, Gavhar Botirova                                                                            

Ish yurituvchi - Dinara Shermetova

 

Kafedralar:

Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi: s.f.d. prof. Muqimjon Qirg’izboyev

Jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi: katta o`q. Shoxruh Kasimov

 

Siyosatshunoslik yo’nalishi: Ushbu yo‘nalishda 196 nafar talaba tahsil oladi. Siyosatshunoslik  yo‘nalishda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy muammolar va siyosiy jarayonlarni o‘rganish, kuzatib borish, ularning rivojlanish tendensiyalarini baholash va tanqidiy tahlil etish, siyosatshunoslik va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, davlat siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi anglash hamda ularning to‘g‘ri talqin etilishini ta’minlash, siyosiy jarayonlarni tizimli o‘rganish, ularni solishtirish orqali qiyosiy tahlil qilish, ularning istiqboldagi holati bo‘yicha takliflarni shakllantirish, bu boradagi amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish bo`yicha talabalarga ta`lim beriladi. Siyosatshunoslik yo‘nalishiga quyidagi fanlar bo`yicha dars professor va malakaviy o‘qituvchilar tomonidan o`tiladi. Ular: “Geosiyosat”, “O`zbekistonnimng ichki va tashqi siyosati”, “Siyosiy texnologiyalar”, “Siyosiy antropologiya”, “O`zbekiston davlatchiligi tarixi”, “Jadidlar milliy g`oyalari”; Muqimjon Qirg’izboyev, Xikmatov Fatxulla, G’aniyev Akbar, Xaitov Ulug’bek.   Kafedra ilmiy salohiyati 70 % ni  tashkil etadi.

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar: Ushbu yo‘nalishda 276 talaba tahsil oladi. Ularga  darslar “Jurnalistika tarixi tanqidiy fikrlash”, “Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama asoslari”, “G’arb va sharq jurnalistikasi”, “Media huquqi va etikasi”, “Media bilan ishlash”, “Xorijiy til”, “Jamoatchilik bilan aloqalar”, “Media tili, uslubi”, “Axborot texnologiyalari”,  “Saylovda PR texnologiyalari”, “O‘zbek va jahon adabiyoti” kabi fanlar Matkarimova J, Xalimova , Xaitova M,  Gulyamova M, Ramanova G. va Kasimov Sh. tomonidan o`tiladi.

 

Xalqaro munosabatlar yo’nalishi:  Ushbu yo‘nalishda 28 nafar talaba tahsil oladi hamda bu yo‘nalish gumanitar fanlar ta'lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirishga, tashqi siyosat istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini hamda siyosiy bilimlar tizimi bilan bevosita aloqador bo‘lgan xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, diplomatiya asoslari, O‘zbekiston va dunyo xalqlarining xalqaro munosabatlari, tarixi, dini, tili, iqtisodiyoti, huquqiy tizimi, adabiyoti va madaniyati haqidagi bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu yo’nalishda tahsil oladigan talabalarga quyidagi fanlar bo`yicha professor va malakaviy o‘qituvchilar tomonidan dars beriladi. Ular: Xalqaro munosabatlar tarixi, Siyosiy liderlik instituti, Siyosatshunoslik asoslari, O`zbekistonning eng yangi tarixi, Mintaqashunoslik va boshqalar. Sherzodxon Qudratxo`ja, Muqimjon Qirg’izboyev, Xikmatov Fatxulla, Alimov Oqiliddin, Xaitov Ulug’bek. Kafedra ilmiy salohiyati 70 %ни  tashkil etadi.

Psixologiya yo’nalishi:  Ushbu yo‘nalishda 28 talaba tahsil oladi. Psixologiya  yo`nalishi 2023 yilda tashkil etilib, ushbu yildan boshlab keng profilli psixologlar tayyorlash universitetning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda bakalavr yo‘nalishida yagona  kunduzgi yo‘nalish Amaliy psixologiya yo`nalishi mavjud bo`lib, kelajakda psixolog mutaxassislarning pedagog psixolog sifatida pedagogik korxonalarning barcha jabhalarida (kasb xunar kolleji, akademik litsey, o‘rta ta’lim maktablarida) kasbiy tayyorgarligini namoyish etish bilan birga g‘oyaviy yetuk shaxs, jamoatchi, insonshunoslikning targ‘ibotchisi timsolida namoyon bo‘lishi, shu bilan bir qatorda  Xalq xo‘jaligini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shaxslararo iliq muhitni vujudga keltirish, barkamol shaxsni shakllantirish, ruhiy va xulqiy og‘ishlardan uzish mashg‘ulotlarni olib borish, zo‘riqish hamda nizoli vaziyatlarni o`z bilimini ishga solish, iste’dodli yoshlarni tanlash, oila butligini ta’minlash kabi jarayonlarda mutaxassislar yetishtiradi.

Sotsiologiya yo’nalishi:  Ushbu yo‘nalishda 22 talaba tahsil oladi. Sotsiologiya yo`nalishi talabalari jamiyat ijtimoiy hayoti, uning sotsial strukturasi, shuningdek, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning faoliyati, turli sotsial voqealar, jarayonlar hamda kishilarning sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini butun bir ijtimoiy murakkab tizim sifatida qamrab olib, o‘ziniig konkret empirik metodlari asosida ularni nazariy va amaliy jihatlarda tadqiq etadi. Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, jamoatchilik fikrini o‘rganish markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyat organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, siyosiy partiyalar, marketing va konsalting xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minot, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida yo‘nalishga doir masalalarni yechish majmuini qamrab oladi.

Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.