Alber Kamyu, fransuz faylasufi “Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi”.
Alber Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirda yashovchi fransuz oilasida dunyoga keldi. U bir yoshda ekanligida otasi vafot etgan. Oilani boqish uchun onasi boy xonadonlarda uy xizmatchisi bo‘lib ishlaydi. Yosh Alber shu yerdagi boshlangʻich maktabda savodini chiqardi. Aʼlo oʻqigani uchun u maktab maʼmuriyati yoʻllanmasi bilan litseyga oʻqishga qabul qilinadi. Alber Jazoir universitetida o‘qiydi, 1935-yilda teatr tashkil etadi, 1937 va 1939-yillarda uning dastlabki ikkita lirik essesi bosib chiqarilgan. 1940-yilning bahor oyida Kamyu Parijga keladi va yirik gazetalardan birida ishlay boshlaydi, fashistlarga qarshi harakatlarda ham faol qatnashadi.
Biroq, sil kasaliga chalinib, bir muddat kasalxonada yotib davolanadi. Baxtga qarshi bu kasallik umrining oxiriga qadar undan arimadi, adibning ruhiy holatiga jiddiy taʼsir koʻrsatib, hayoti va ijodida salbiy holatlar tugʻdirgan.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu jahon intelligensiyasi tafakkuri va dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsatgan ijodkorlardan sanaladi. Zamondoshlari unga “Gʻarb vijdoni” degan sharafli nom bergandilar.
Alber Kamyu 1960-yil 4-yanvarda rojdestvo kunlaridan keyin Parijga kelayotib yo‘lda avtomobil halokatidan vafot etadi.
Kamyu “Begona”, “Vabo”, “Baxtli o‘lim”, “Inqiroz”, “Kaligula”, “Qamal holati”, “Sizif haqida isotir”, “Isyon qilayotgan odam”, “Nikoh”, “Ijod va erkinlik”, “Quvg‘inlik va saltanat” va boshqa ko‘plab dunyo tan olgan bebaho asarlarni yozib qoldirgan.
1957-yil yozuvchiga Nobel mukofoti berilgan.