Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakultetining “Raqamli media va internet jurnalistika” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 31-may 484-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Kengashining 2019-yil 10-avgust kunidagi qaroriga muvofiq ochildi.
O‘quv ishlari
1. Kafedralararo O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tarkibiy bo‘linmasi h Kafedrada jurnalistika ta’lim yo‘nalishida bakalavr bosqichida “Jurnalistika sohasida kopirayting”, “Matbuot internet tizimida”, “Axborot texnologiyalari”, “Televideniyeda reklama”, “Matbuotda reklama”, “Radioda reklama”, “Reklama nazariyasi va amaliyoti”, “Raqamli fotojurnalistika”, “Mediadizayn asoslari”, “Animatsiya yaratishning amaliy paketlari”, “Kreativ dizayn”, “Mediadizaynning dasturiy ta’minoti”, “Mediamarketing, reklamada moliya va statistika”, “OAVda fike-news”, “Internetda anons, reportaj va intervyu”, “Internet tarixi va zamonaviy tuzilishi”, “Onlayn jurnalistika”, “Internetda ijtimoiy tarmoqlar va bloglar”, “Infografika va ma’lumotlar vizualizatsiyasi”, “Makroiqtisodiyot”, “Mediamarketing nazariyasi va amaliyoti”, “Ijtimoiy mediamarkenting” kabi va magistratura bosqichi yo‘nalishida “Yangi medialar nazariyasi va amaliyoti”, “Internet OAVda multimediaviylik”, “Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistika”, “Mediani boshqarishda raqamli texnologiyalar”, “Internetda medialoyihalar va boshqaruv” singari fanlari bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2. Yuqoridagi fanlardan o‘quv adabiyotlari to‘liq O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar doimiy ravishda yangilanadi. Universitetning axborot resurslari markazida barcha mavzular kitob va elektron versiyalarda taqdim etilgan.
II. Kafedrada magistratura mutaxassisliklari
5A220101 - “Internet jurnalistika”.
III. Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar:
IV. 5A220101 - “Internet jurnalistika” magistratura mutaxassisligida o‘qitiladigan fanlar:
Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar
Kafedraning ilmiy salohiyati – 40%. Ulardan 1 nafar o‘qituvchimiz texnika fanlari doktori, 5 nafar fan nomzodi, 2 nafar PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar.
Kafedra pedagog-xodimlarining o‘rtacha yoshi 36 yosh. Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan universitet faoliyati davomida 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlangan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan belgilangan reja asosida OAV tashkilot va muassasalar bilan turli mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda.
Kafedraning 12 ta o‘qituvchisi guruh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishadi. Ular tomonidan guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedra manzili
Toshkent shahri, Qiyot ko‘chasi, 88-uy.
1-ko’rpus, 304, 305-xona.
99-855 24 86, 94-677 22 56
Elektron pochta: internet_journalism@mail.ru