Bakalavriat
Xorijiy fuqarolar bakalavriatga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul yilining 15 mart – 15 noyabr kunlari davomida uzjoku.uz sayti orqali qabul komissiyasiga jo‘natishadi.
Xorijiy fuqarolar tomonidan bakalavriatga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
rektor nomiga ariza;
pasport;
o‘rta (11 sinf), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat.
Xorijiy fuqarolar bakalavriatga suhbat asosida qabul qilinadi.
Suhbat avgust-sentyabr oylari oralig‘ida o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Xorijiy fuqarolarni bakalavriatda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Magistratura
Xorijiy fuqarolar magistraturaga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul yilining 15 may – 30 noyabr kunlari davomida uzjoku.uz sayti orqali qabul komissiyasiga jo‘natishadi.
Xorijiy fuqarolar tomonidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
rektor nomiga ariza;
pasport;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.
Xorijiy fuqarolar magistraturaga suhbat asosida qabul qilinadi.
Suhbat avgust-sentyabr kunlari oralig‘ida o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Xorijiy fuqarolarni magistraturada o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘yicha universitetda tashkil etilgan call center bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘langan holda ma’lumot olishingiz mumkin:
(71) 475-51-51;
(71) 207-09-06 (1015)
(71) 207-09-04
To‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlari
2020/2021 o‘quv yili uchun O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bakalavriati va magistraturasida talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ–4749-son qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berilgan.
Shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilishi bo‘yicha vazifa yuklangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bakalavriati va magistraturasida talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilash masalasi universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va belgilandi.
Universitet kengashi 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilashda, bugungi kunda dunyoda va mamlakatimizda hukm surayotgan pandemiya va karantin sharoitidan kelib chiqib, shuningdek talabalarni ushbu sharoitda ijtimoiy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini oldingi o‘quv yilidagi to‘lov miqdorlaridan oshirmagan holda belgilash bo‘yicha qaror qabul qildi.