17.04.2020 1149

Media COVID-19 sharoitida

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ilmiy tadqiqotchilar tomonidan mamlakat va xorijiy ommaviy axborot vositalarining karantin davridagi faoliyati bo‘yicha ilmiy tahlillar  «Media COVID-19 sharoitida» mavzusida onlayn tarzda o‘tkazilgan Ilmiy Seminar doirasida muhokama etildi.

Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi va doktorantlari xalqaro va milliy axborot maydonida COVID-19 pandemiyasi mavzusining yoritilishi, favqulodda vaziyatlarda jurnalistik faoliyat, yangi axboriy jarayonlar va yangi media loyihalar, axborot tarqatishda mas’uliyat va javobgarlik singari masalalarni, shuningdek tezkorlik tamoyili va jurnalist etikasi, internet tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan tarqatilayotgan kontent va uning ommaga ta’siri, jamoatchilik bilan aloqalar faoliyatidagi o‘zgarishlar, axborot xizmatlarining aholini xabardor qilishdagi rolini o‘rganib, tahlilga tortdilar.

O‘zJOKUning mustaqil izlanuvchisi Dilshod Ro‘ziqulov shu borada maqola tayyorlagan.

E’tiboringizga maqolaning havolasini taqdim etamiz:

 

http://uza.uz/oz/society/media-sovid-19-sharoitida-oav-faoliyatida-pandemiya-turtki-b-17-04-2020

Bo'lishmoq: