14.03.2020 1266

O‘zJOKUda umumxalq hashari qanday o‘tdi?

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi. Unda universitetda faoliyat yuritadigan barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etishdi. Universitetning barcha hududlari obodonlashtirildi.
Ta’lim dargohda "Open Space" maydoni, kompyuter xonasi, o‘quv xonalari tozalanib, yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etdi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida universitet ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
Qolaversa, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlar taqdim etildi. Ko‘tarinki kayfiyat va yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilgan hashar universitet jamoasini yanada birlashtirdi.

Bo'lishmoq: