30.10.2019 2003

Rossiyada xizmat ko'rsatgan jurnalist Yasen Zasurskiy 90 yoshda

Kuni-kecha taniqli adabiyotshunos, filosofiya fanlari doktori, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti Prezidenti va Rossiyada xizmat ko'rsatgan jurnalist Yasen Nikolayevich Zasurskiy 90 yoshni qarshi oldi. Uning faoliyati davomida 126 dan ortiq maqola, 39 ta kitob, 18 ta konferentsiyalarda ma'ruzalar, 2 ta ilmiy loyiha, 27 ta tezis, 3 ta diplom ishi, 53 ta o'quv kurslari mavjud.

Uning butun hayoti jurnalistika sohasiga bog'liq. Aynan u Sovet Ittifoqi vaqtida xorijiy jurnalistika kursini yaratgan birinchi olim hisoblanadi. Yasen Nikolaevich haqiqiy jurnalistni - Don Kixot shamol tegirmonlariga qarshi kurashishga tayyor odam deb biladi. Uning buyuk mehnati tufayli dunyoga mashhur jurnalistlar yetishib chiqqan. "Zasurskiy davri"dagi jurnalistika fakultetining bitiruvchilari soni 30 mingga yaqin borligi taxmin qilinmoqda! Uning ko'plab shogirdlarida Zasurskiyning ta'limotiga ko'ra hayotiy tamoyillari shakllangan. Masalan, har doim ochiq va hushmuomala bo'lish, sabablarni izlash va vaziyatni yanada chuqur o'rganish. Yaqinda bergan intervyularida jurnalist doimo qiziquvchan, holis va dovyurak bo'lishi kerakligini yana bir bor ta'kidladilar.
Yasen Zasurskiyning so'zlariga ko'ra, talabalarda fikrlash qobiliyatini shakllantirish eng asosiy narsadir. "To'g'risini aytganda, talabalarga raqamli va faktli ma'lumotlar bilan chegaralanib qolmay, ularni to'g'ri fikrlashga va dunyoda bo'layotgan voqealarni mustaqil tahlil qilishga o'rgatish lozim".
Ikki yildan bo'yon O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Moskva davlat universiteti jurnalistlika fakulteti bilan hamkorlik quladi. Shu jumladan aytish joizki, o'tgan yili ikki taraflar tomonidan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Shu fursatdan foydalanib, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Yasen Nikolayevichni chin yurakdan tavallud ayyomlari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj tilab qoladi!

Mualliflar: O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1 kurs talabalari Mariya Krasovskaya, Ra'noxon Dalimova, Yuliana Kungurova

Bo'lishmoq: