25.06.2020 2154

Sevamiz, hurmatlaymiz, qadrlaymiz

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida muhim ahamiyatga ega tadbir bo‘lib o‘tdi. Taniqli o‘zbek hajvchi yozuvchisi, masalnavis shoir va olim Muxtor Xudoyqulovga 1-chi darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoniga sazovor bo‘lganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda ushbu yuksak ko'krak nishoni munosib tarzda topshirildi.
 
Tadbirda O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev, "Ishonch", "Доверие" gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov va universitetning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘zJOKU rektori ochib berdi:
"Serqirra ijodkor, buyuk ustozimizni ushbu ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lganliklari bilan chin yurakdan tabriklayman. Muxtor Xudoyqulov filologiya fanlari doktori, matbuot nazariyasi bo‘yicha yirik mutaxassisdir. Bu buyuk inson OAVda faoliyat olib borayotgan ko‘pgina jurnalistlarning ustozi hisoblanadi. Fursatdan foydalanib, ustozimizni va barcha hamkasblarimni kelayotgan matbuot va OAV xodimlari kuni bayrami bilan qutlayman", - dedi universitet rektori.
Tadbir ishtirokchilari ulug‘ ustozni tabriklab, iliq fikrlarini bildirishdi. Darhaqiqat, ko‘p jurnalistlarning ustozi bo‘lmish Muxtor Xudoyqulov yarim asr mobaynida oliy o‘quv yurtlarda jurnalistika sohasiga oid fanlardan ma’ruzalarini hanuzgacha o‘tib kelmoqdalar.
 
 
Hozirgi kunda ular O‘zJOKUda kafedra professori, ilmiy kengash a’zosi safatida faoliyat yuritib, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Tadbir davomida Muxtor Xudoyqulovga 1-chi darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni topshirildi. O‘zbekiston jurnalistikasi rivoji uchun qo‘shgan buyuk hissalari uchun ustoz Muxtor Xudoyqulovni yana bir bor tabriklaymiz va hozirgi kunda olib borayotgan qizg‘in ilmiy va ijodiy ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Bo'lishmoq: