11.01.2020 2039

Turk do‘stlarimizdan bizga bebaho sovg‘a

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Jurnalistika universitetiga 30 dan ortiq turk tilida yozilgan kitoblarni taqdim etdi. Sizning e’tiboringizga ta’lim va madaniyat bo‘yicha maslahatchi, janob Ali Eyupkojaning video-murojaatini taqdim etamiz.


O‘zbek va turk tillari bir-biriga juda o‘xshash ekanligi hech kimga sir emas. Bu esa talabalarga turk tilida kitoblarni mutolaa qilishga hamda turk adabiyoti, tarixi, madaniyati, an‘analari, urf-odatlari va turk yozuvchilari asarlarini yozish uslubi bilan tanishish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 23 oktyabr sanasida O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er boshchiligida delegatsiya tashrif buyurgan. Uchrashuv davomida tomonlar talabalar almashuvi haqida kelishib olishgan.

Bo'lishmoq: