20.12.2022 318

2022/2023-o‘quv yili magistratura uchun bugundan boshlab qishki qabul boshlandi

Tanlovda ishtirok etish uchun magistr.edu.uz elektron tizimi orqali 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kunning o‘zida ham) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Tanlov natijalari bakalavriant diplomining o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi. Faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuliga Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan xorijiy tillarni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Magistratura qabuli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarni

Tel: +99871 207-09-05 +99897 704-15-55 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: