13.11.2021 412

Nomdor stipendiyalarga nomzodlar saralandi!

Tugayotgan hafta muhim voqealar va esda qolarli kunlarga boy bo‘ldi. Jarayonlar shiddat bilan tashkil etilgani va tadbirlar bir-biriga ulanib ketgani bois ba’zilari haqida axborot berishga ulgurmay ham qoldik. Shu bois bugungi postlar yakunlanayotgan haftaning muhim voqelariga bag‘ishlanadi!

12-noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa (Islom Karimov, Alisher Navoiy kabi) nomdor davlat stipendiyalariga nomzod talabalar uchun universitet ichki saralash imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Stipendiyalarga nomzodlar O‘zbekiston tarixi, Informatika (IT), Xorijiy til (ingliz tili) kabi fanlardan test topshirdilar.

Universitet jamoasi nomidan nomzod talabalarimizga jarayonning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: