Sport jurnalistikasi

Sport jurnalistikasi yo‘nalishida 1- va 2- kursda jami 42 nafar talabalar tahsil olishadi. O‘quv yili davomida Sport jurnalistikasida yangilik va sharh, Sport jurnalistikasi tizimi, sport reportaji va intervьyu, Sport turlari va jurnalistika, internetda sport saytlari, Sport sharhlovchisi mahorati, Sport jurnalistikasida tahliliy janrlar, Sportda axborot xizmatlari, Sport sharhlovchisi mahorati kabi fanlardan soha mutaxassislari professor o‘qituvchilar dars berishadi.
Sport jurnalistikasi yo‘nalishiga talabalari haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak O‘zining har doim bilimi bilan o‘qituvchilarni xushyor tortib ishlashlariga sabab bo‘la oladigan ilg‘or talabalardan iborat ushbu guruhning ichki muhiti a’lo darajada. Bir- birini hurmat qilishlari va o‘qituvchilarga yaxshi muomalada bo‘lib, ko‘proq bilim olishga intiluvchan guruh. O‘z navbatida ba’zi birlari orasida ba’zan kichik muammolar uchrab turadi.

Guruh murabbiylari: Zabarjad Bobojonova, Bobur Abdulxakimov