Internet jurnalistikasi

"Internet jurnalistika" yo'nalishida 115 ta talaba o'qiydi. Hozirgi zamonda tendensiyaviy yo'nalish bo'lib, o'zining naqadar muhimligini bizga har kuni bildirmoqda. Ularga “Xorijiy til”, “Media huquqi va etikasi”, “Mobil jurnalistika”, “Axborot texnologiyalari”, “G‘arb va sharq jurnalistikasi”, “Online jurnalistika”, “Robot jurnalistikasi”, “Internetda esseistikava dokumentalistika”, “Online jurnalistikada medialandshaft asoslari”, “Jurnalistika va OK asoslari”, “Multimediya jurnalistikasi”, “Konvergent tahririyat” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga respublikada eng ko‘zga ko‘ringan professor-o‘qituvchilar – Sherzodxon Qudratxo‘jaev, Nozima Muratova, Muqimjon Qirg‘izboev, Nargis Qosimova, Latofat Toshmuhammedova, Saida Beknazarovalar dars berishadi. Talabalar ta’lim olishi bilan birga turli internet nashrlarlar, bosma OAV – “Kun.uz” , “Daryo.uz”, “Uz24.uz”, “Xalq so‘zi”, “Ma’rifat”, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” “UzA”, “Qalampir.uz”da amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar.


O‘qituvchilar: Abdusaid Ko‘chimov, Oisha Zakirova, Dildora Rizayeva, Sohiba Soliyeva, Iroda Murodjonova, Nodira Zoxitova, Oydin Berdiyeva, Gulnoza Najmiddinova.

Tyutor: hozircha yo‘q