Hurmatli xorijiy fuqarolar (BAKALAVRIAT)!
Ushbu platforma orqali Sizda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bakalavriatiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizangizni elektron shaklda yuborish imkoniyati mavjud.
Siz yuborayotgan ushbu ariza rasmiy maqomga ega ekanligini va ariza to‘ldirayotgan vaqtda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishingiz kerakligini eslatib o‘tamiz.
Onlayn ariza berish - 15.07.2024 dan 15.08.2024 gacha
Arizani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha Sizga tegishli xabarnoma jo‘natiladi.
Quyidagi holatlar arizani rad etilish uchun asos bo‘ladi:
1) ariza mazmunidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganida;
2) arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni va texnik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan talablarga javob bermagan taqdirda.
Ariza qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbatda xorijiy fuqarolarning dunyoqarashi, ularning huquqshunoslik kasbiga layoqati va motivatsiyasi hamda umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasiga e’tibor qaratiladi.
Xorijiy fuqarolar O‘zJOKUga kirish faqat suhbat asosida qabul qilinadi!
Agar Sizda xorijiy fuqarolar uchun qabul bo‘yicha savollar mavjud bo‘lsa, quyidagi mobil raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+998 91 165 11 56 (Nasrullayev Aziz)