06.04.2022 1061

“Pavloniya gullaganda” nomli maqolalar tanlovi

Siz ijodkormisiz? Tabiat go‘zalligidan bahra olishni, undan ilhomlanib his tuyg‘ularingizni qog‘ozga tushirishni yaxshi ko‘rasizmi? Unda siz universitet tomonidan tashkil etilayotgan “Pavloniya gullaganda” nomli maqolalar tanlovida ishtirok etishingiz lozim.

Universitetimizda go‘zal bo‘lib gullovchi Pavloniya daraxtini barchamiz ko‘rganmiz, uning betakror gullari soatlab tomosha qilish mumkinligini ham bilamiz. Hozir esa ayni ushbu daraxt gullagan pallasi va shu munosabat bilan biz “Pavloniya gullaganda” nomli tanlovga start beramiz.

Shartlar qanday?

11-aprel soat 17:00 ga qadar ushbu daraxt haqida ajoyib maqola tayyorlang va ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifangizga joylashtiring. Universitet ma’naviy bo‘limiga esa maqolaning bir nusxasini topshiring.

Ijodiy ishlar mas‘ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, 3 ta eng yaxshi maqola tanlab olinadi va ular:
1-o‘rin: 500 000 (besh yuz ming) so‘m;
2-o‘rin: 300 000 (uch yuz ming) so‘m;
3-o‘rin: 200 000 (ikki yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Shoshiling, sizda 5 kun vaqt bor! Shunchaki Pavloniyadan bahra olib, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing va g‘olib bo‘ling!

Bo'lishmoq: