Bugun 100 yildan buyon o‘z muxlislariga ega, jamiyatdagi muammolarni hajv yo‘li orqali yetkazgan, mushti doim qattiq bo‘lgan “Mushtum” jamoasi mehmon bo‘ldi.
“Mushtum” jurnali o‘zining 1 asrlik umri davomida nafaqat tanqidiy maqolalari, feleton va pamfletlari balki hajviy suratlar, karikaturalar, sharjlar orqali tanilgan. Bugun bu jurnal yosh talaba jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular yozgan kichik maqolalarini, she’rlarini ham bosib chiqaryapti.
Media mansarda o‘tkazilgan davra suhbatida ham karikatura ustasi tomonidan ishtirokchilarning qiyofasi aks etgan sharjlar taqdim etildi.