Mojarolar va inqirozlar vaqtida radio
zaif odamlarga yordam bergan.
Pan Gi Mun
Hayotimizdagi mo’jizaviy bayramlarni nishonlash an'anasini YUNESKOning tinchlikparvar tashkiloti olib kirdi. Bugungi bayramni xalqaro miqyosida nishonlashni BMT, Ispaniya Radio Akademiyasi, Yevropa ittifoqi va BBC kompaniyalari qo’llab-quvvatladi. 2011-yil YUNESKO Bosh konferensiyasida har yili 13-fevral Xalqaro radio kunini nishonlash to’g’risidagi qaror qabul qilindi va eng yosh bayram sifatida 2012-yildan nishonlana boshlandi.
Bayram tashkilotchilari bu kuni tantanali o’tkazish uchun bor kuchini sarflayapti. Ularning so'zlariga ko'ra, radio faqat aloqa vositasi emas, balki OAV vakillarining hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu mahalliy radiostansiyalarda axborotdan foydalanishni kengaytirish va so'z erkinligini ta’minlash, radioda gender tenglikni ta’minlashga yordam beradi. Haqiqatan ham, axborot texnologiyalari davrida radio dunyodagi eng katta auditoriya uchun kommunikativ vosita hisoblanadi.
Radioning imkoniyati keng, shu bilan birga arzon aloqa vositasi. Radio aholining eng zaif qatlamlariga: olisda yashaydigan, xat-savodi yo’q, imkoniyati cheklangan aholini axborot bilan ta’minlashga yordam beradi. Qisqa to'lqinli bu eshittirish vositasi elektr, internet, telefon yo’q paytlarida axborot yetkazib berish uchun samarali vosita bo’lgan. Bundan tashqari, radio favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ham muhim rol o'ynaydi.
Shuning uchun ham YUNESKO barcha mamlakatlarni bir shior ostida 13-fevral Xalqaro radio kunida faol ishtirok etishga chaqiradi.
Barchamizga bayram muborak!!!