14.01.2022 973

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi va 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan mamlakatimizning barcha mard o‘g‘lonlarini samimiy qutlaydi!

Universitet jamoasida faoliyat yurituvchi professor o‘qituvchilar, ishchi xodimlar, shuningdek talaba yigitlarimizni ham bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz!

Barchangizga doimo oilangizning tayanchi bo‘lishingizni, sizga suyangan insonlarning ehtiromiga sazovor bo‘lishni, sog‘lik va omonlikni, katta ishlaringizda katta zafarlarni tilab qolamiz!

Oila bu vatanning kichik bo‘lagidir, demak, har biringiz vatanning suyangani, ishongani, himoyachisisiz. Yaqinlaringiz, oilangiz baxtiga doimo omon bo‘ling. Bayram muborak bo‘lsin!

Bo'lishmoq: