29.04.2022 561

144-maktabda insholar tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanidagi 144-maktabda "O‘zbekiston yagona uyimiz" mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovining g‘oliblari taqdirlandi.

Tadbirda universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqib, g‘oliblarni taqdirladi. 1-o‘rinni 10-V sinf o‘quvchisi Sabrina Yaxshiyeva va 9-V sinf o‘quvchisi Robiyabonu Mansurova qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar va maktabning faol o’quvchilariga O‘zJOKU tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, tashrif davomida Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘quvchilarning dars jarayonlaridagi ishtiroklari, maktabdagi yaratilgan sharoitlar, maktab oshxonasi, kompyuter xonalari va boshqa hududlarni o‘rganib, muammoli jihatlarda doim yordamga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar va xonanda Ruxshonaning qo‘shiqlari bilan qiziqarli o‘tib, yig‘ilganlarda katta tassurot qoldirdi.

Bo'lishmoq: