09.06.2023 1914

1453-yildan beri mavjud Istanbul universiteti rektori bilan muzokaralar o‘tkazildi

Mehmed II tomonidan 1453-yil 30-mayda, Konstantinopol turklar tomonidan bosib olinganidan bir kun o‘tib asos solingan Istabul universiteti rektori, professor Mahmut AK hamda O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Rektorlar o‘zlari rahbarlik qilayotgan universitetlar tarixi haqida ma’lumotlar berishdi. Ta’lim jarayonlari qanday olib borilishi, qaysi sohalarda tahsil olishi haqida so‘z bordi.

Istabul universiteti rektori, professor Mahmut AK oliygohda 67 mingdan ortiq talabasi o‘qishi, 10 mingdan ortiq xodim ishlashini, 2 ta Nobel mukofoti sovrindorlari borligini, kutubxonasida 2,5 mlndan ortiq qo‘lyozma, lotin yozuvidagi asarlar mavjudligi aytdi. Universitet tarkibiga 17 ta fakultet, 14 ta institut hamda 3 ta shifoxona kirishini bildirdi. Har yili Istanbul universitetiga 3 mln ortiq abituriyent hujjat topshiradi deya to'xtaldi. Universitet 400 dan ortiq patentga ega ekanligini haqida aytdi.

Bo'lishmoq: