17.07.2021 843

15 000 000 so‘m pul mukofoti yutib olishni istaysizmi?

Unda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini yoritish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston-yangi qo‘shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovida ishtirok eting. Tanlovda yoshlar, talabalar, targ‘ibotchilar, ilmiy tadqiqotchilar olimlar, professor-o‘qituvchilar va ishtirok etish istagini bildirgan barcha mualliflar ishtirok etishlari mumkin.

Eng asosiysi tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 1-o‘rin sohibiga 15 000 000 so‘m pul mukofoti Respublika iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg'armasi tomonidan beriladi.

Tanlov haqida to‘liqroq ma’lumot olish uchun telegram messenjeri orqali Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga (@laylo0609) murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlov nizomi ilova qilinadi.

Bo'lishmoq: