02.03.2023 342

2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilingan kun

Bugun 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilingan kun. Respublikamizning BMT ga — a’zoligiga 31 yil bo‘ldi.

Shu munosabat bilan “BMT xalqaro modeli - talabalar nigohida” mavzusidagi an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar oxirgi bir necha yil barcha sohalarda amalda oshirilgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, tub islohotlar va bu borada erishilgan yutuqlar mustaqil O‘zbekiston tarixida misli ko‘rilmagan hodisa bo‘lganligi, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarda yangi davrni boshlab berganligini va bu jaroyonlarda albatta O‘zbekiston va BMTning diplomatik aloqalari beqiyosligi aytib o‘tishdi.

Bo'lishmoq: