12.03.2024 394

2024-yil 6-8 may kunlari Markaziy Osiyo jurnalistlari forumi oʻtkaziladi

Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zJOKUga Fransiyaning OAVni rivojlantirish agentligi loyihalar koordinatori Timote De Mayar boshchiligidagi delegatsiya keldi. Uchrashuv joriy yilning 6-8 may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo jurnalistlari forumi" bag'ishlandi. Ushbu forumda Oʻzbekistondan tashqari Markaziy Osiyodan 40 nafar va Fransiyadan 15 nafar jurnalist ishtirok etishi kutilmoqda.

Forumdan koʻzlangan maqsad:
— jurnalist etikasi, kasbi jihatidan kelib chiqib so'z erkinligi targʻib qilish;
— axborotni iste'mol qilish bilan bogʻliq yuz berayotgan oʻzgarishlarga moslashish, ya'ni bugungi kunda ommalashib borayotgan podkastlar, sun'iy intellekt va OAV larini moliyalashtirish uchun mablagʻlar izlash masalalari;
— Markaziy Osiyo va Fransiya jurnalistlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yo'lga qo'yish.

Bo'lishmoq: