03.05.2022 1139

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni 

1993-yili BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e’lon qilish haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. 1994-yildan buyon har yili shu sana dunyo bo‘ylab “Jahon matbuoti erkinligi kuni” sifatida nishonlanadi.

Jahon matbuot erkinligi kuni xalqaro hamjamiyatga matbuot va so‘z erkinligi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da qayd etilgan asosiy huquqlardan biri ekanligini eslatib turadi.

Bugungi bayram bilan barcha jurnalistlarni tabriklaymiz! Jurnalistikamiz doim erkin, qalamimiz esa hamisha o’tkir bo’lsin! 

Bo'lishmoq: