04.10.2023 339

4-oktabr “O‘zbek xalqi uchun qonli kun”

Bundan 85 yil muqaddam o‘zbek millatiga qarshi ulkan jinoyat sodir etildi – 1938-yil 4-oktabr kuni o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan ziyolilari – Jadidlar sovet tuzumi qatag‘on mashinasining qurboni bo‘lgan.

Bugun erta tongdan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari va talabalar qatag‘onga uchragan jadidlarni ramziy qabri joylashgan Toshkentdagi "Oqil ota" qabristonini ziyorat qilishdi.

So‘ngra Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuida joylashgan "Qatag‘on qurbonlari" muzeyida bo‘lib, mustabid tuzum davrida ommaviy qatagʻonlar natijasida insoniylik shaʼni, qadr-qimmati, or-nomusi toptalgan davlat arboblari, adabiyot va sanʼat namoyandalari xotira kechasida ishtirok etishdi.

Bo'lishmoq: