04.03.2021 675

Abdulla Oripovni xotirlash kuni

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti tashabbusi bilan “ABDULLA ORIPOVNI XOTIRLAB” deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ahmedova Olmos Gafurovna, Oripova Xanifa, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat xodimi  Sharifa Salimova, falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” medali sohibi, xalqaro toifadagi spiker, xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti Shermuhamedova Jamila Tashpo‘latovna universutet talabalari bilan birga zabardast shoirni xotirlashdi. Latif she’rlari, xalqimiz qalbidan joy olgan misralarinidan na’munalar aytishdi.

Uchrashuvga yig‘ilgan talabalar otash nafas shoirning oila a’zolari tomonidan so‘zlab berilgan xotiralarini tinglab, Abdulla Oripovni qaytadan kashf qilishdi, muhabbat qo‘yishdi, sevishdi.

Bo'lishmoq: