12.07.2022 453

“Abituriyent fest” ga marhamat

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi bo‘lishni istaysizmi? Bo‘lajak universitetingizni, o‘qiydigan darsxonalaringiz, amaliyot olib boradigan studiyalaringiz, dars tayyorlaydigan kutubxonangizni avvaldan ko’rishni, o‘qituvchi va sizga yordamga shay bo‘lgan dekanlaringiz bilan shaxsan tanishishni, tanaffuslarda sayr qiladigan yo‘laklaringiz, universitetingiz bog‘i va boshqa go‘zal joylarini kuzatishni istaysizmi? Javobingiz “ha” bo‘lsa, biz sizga shunday imkoniyatni taqdim etamiz.

O‘zJOKU universitet bo’ylab “Abituriyent fest” — ochiq eshiklar kunlarini e’lon qiladi.

Siz 13-iyuldan 16-iyulga qadar soat 10:00 dan 17:00 ga qadar universitetga tashrif buyurib, universitetni tomosha qilishingiz, o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin. Sizni mas’ullar kun davomida universitet bo‘ylab sayrga taklif etishadi.

Eng asosiysi esa tashrif buyurgan abituriyentlar orasidan universitetga hujjat topshirgan 1-, 10-va 50-abituriyent universitet tomonidan taqdim etiladigan kitoblar to‘plamini qo’lga kiritadi!

Kitoblarda esa ijodiy imtihonlar haqida barchasi ajoyib tarzda bayon qilingan, ya’ni ular siz uchun imtihonlarda yaxshigina qo‘llanma bo’lishi mumkin.

“Abituriyent fest” da sizni kutamiz! O‘zJOKU abituriyentidan uning talabasiga aylaning!

Bo'lishmoq: