24.06.2020 1359

O‘zJOKUga qancha abituriyent hujjatlarini topshirishga ulgurdi

Xabaringiz bor, 2020-2021-o‘quv yiliga oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni topshirish 20-iyundan boshlangan. 3 kun ichida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 261 nafar abituriyent hujjatlarini topshirib, ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan,
Ta’lim shakli bo'yicha:

Kunduzgi ta’lim shakli - 191 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli - 70 nafar.
Tillar kesimida:

O‘zbek tili - 199 nafar;
Rus tili - 62 nafar.
Qisqa fursat ichida 300 ga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani juda quvonchli holat! Biz bundan juda ham mamnunmiz! Qancha ko‘p abituriyentlar O‘zJOKUga hujjatlarini topshirsa, biz shuncha xursand bo‘lamiz.

Barcha abituruyentlarga omad tilab qolamiz
Manba: @davlattestmarkazi

Bo'lishmoq: