22.02.2021 1819

Adabiyotlar taqdimoti

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universitetida Аxborot resurs markazi hamda Internet jurnalistikasi fakulteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Аdabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotning asosiy maqsadi: Talabalarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ARMga kelgan yangi adabiyotlarni targ‘ib qilish.
Taqdimotni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Muratova Nozima Faxritdinovna ochib berdilar.
Taqdimotda Universitetimiz professor oʼqituvchilari:
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muratova Nozima Faxritdinovna;
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, Siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirgʼizboev;
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari nomzodi dotsent Toshmuxammedova Latofat Hamidovna;
Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari nomzodi dotsent Toshpo‘latova Nazira Qurbonovnalar o‘zlari tomonidan chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini qisqacha yoritib o‘tishdi.
Bundan tashqari Internet jurnalistikasi fakuteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1-kurs talabalari, bir qancha yo‘nalishlarga oid kitoblarni slaydlar orqali yoritib berishdi.
Bular: Shoakbarova Rayxona “Jurnalistikaga oid o‘quv qo‘llanmalar”, Rashod Nuri Guntekinning “Cholqushi” asari. Xo‘jamurotov Аnvar “O‘zbek adabiyoti”. Eshmuratova Dilnavoz “Jahon adabiyoti durnonalari” rus, ingliz tillarida.
Nuriddinov Ziyovuddin, Yunusalieva Charos, Xudoyberdieva Madina “O‘zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlari”.

Bo'lishmoq: