08.02.2024 322

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “G’azalxonlik” tadbiri tashkil etildi

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.

Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan.

Tadbir ishtirokchilar buyuk mutafakkirning hayoti, uning asarlarida namoyon bo’lgan komil inson tushunchasining mohiyati haqida fikr bildirdi. So’ngra sanʼat va adabiyotga oshno boʻlgan yoshlar va adiblar tomonidan shoirning gʻazallari va ruboiylari o'qildi.

Bo'lishmoq: