AQSh Davlat kotibining jamoatchilik bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudo joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zJOKUda mehmon bo‘ldi.
Dastlab mehmonlar universitet kampusi hamda “Red seven”, teleradio studiya, mobil muzey va talabalar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan tanishdilar.
Delegatsiya vakillari Amerika Qo‘shma Shtatlari Fullbright dasturining ETA (English Teacher Assistant) lavozimida universtitetimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan George Schouten hamda universitetning Xalqaro munosabatlari va ular bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, Elizabet Kennedi Tryudo O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori bilan birgalikda o‘quv dasturlari borasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha muzokara o‘tkazdilar.
Uchrashuvda istiqboldagi rejalar, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.