05.02.2020 1040

Atsushi Suda O‘zJOKUda

Kecha jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayevning Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari o‘rinbosari Janob Atsushi Suda bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat mavzusi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirishga bag‘ishlandi.

Ma’lumki, Yaponiyada ta’lim darajasi juda yuqori. Qolaversa, Yaponiya yuqori savodli mamlakat, innovatsiya va texnologiya bo‘yicha yetakchi mamlakat hisoblanadi. Ushbu mamlakat yuqori turmush darajasiga ega va inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha 17 o‘rinda turadi. Aynan Yaponiyada o‘rtacha hayot davomiyligi 85,3 yilni tashkil qiladi.

Jurnalistlika universiteti rektori, Sherzodxon Qudratxodjayev Atsushi janoblari bilan aloqalar Yaponiyaning jurnalistika fakulteti mavjud, xususan, Nagoya, Tokio va Osaka universitetlari bilan aloqa o‘rnatish maqsad qilib qo‘yilgan.

Qolaversa, universitetda talabalar yapon tillarini o‘rganishlari uchun maxsus guruh ochilishi kutilmoqda. Keyinchalik, maxsus muxbirlar sifatida Yaponiyada o‘z faoliyatlarini olib borishi haqiqatdan yiroq emas.

 

Bo'lishmoq: