O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar uchun "Axborot bilan qay tarzda ishlash va shu bilan birga qonun doirasidan chiqib ketmaslik kerak?" mavzusida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun bir kunlik trening bo'lib o'tmoqda.
Spikerlar sifarida Anhor.uz internet sayti bosh muharriri Lola Islomova, taniqli va tajribali jurnalistlar Karim Baxriev va Ilhom Hamidovlar ishtirok etishmoqda.
Treningning asosiy maqsadi - jurnalistlarning huquqiy xabardorligini oshirish, OAV xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jurnalist va yuristlarning axborot-kommunikatsiya makonida o'zaro aloqalarni samaradorligini oshirishdir.
Trening davomida universitet talabalari davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga, boshqa tashkilot va idoralarga tegishli qonunchilik hujjatlariga havola qilgan holda so'rovnomalar tuzish ko'nikmalariga ega bo'lmoqdalar.
Imkoniyatdan foydalanib, trening qatnashchilari aktual va o'zlarini qiziqtirgan savollarni ekspertlarga berib, javob olishmoqda.
E'tiboringizga interaktiv master-klassdan fotoreportajni taqdim etamiz!
Muallif: Rushana Aliakbarova