01.04.2022 574

Ayol professor-o‘qituvchilar uchun sport musobaqalari

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida professor-o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ular o‘rtasida doimiy sport bilan shug‘ullanishini targ‘ib etish maqsadida turli universitet ayol o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘plab sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
 
Musobaqalarda ishtirok etgan professor o‘qituvchilar, dekan va kafedra mudirlari, hamda universitetning barcha ayol xodimlari voleybol, badminton, shaxmat, shashka va arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
 
Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan musobaqa ko`tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va esda qolardi taassurotlarga boy bo‘ldi. Yakunda g‘oliblarga universitet xodimlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.
 
Bo'lishmoq: