Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy siyosiy fakultetning Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi 4-bosqich talabalari ilk ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Ushbu himoya talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Himoya jarayoni davomida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ekspert komissiyasi tomonidan yuqori baholandi. Bu ishlar jamiyat bilan axborot almashinuvi va jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rganish, hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali axborotni tarqatish masalalarini qamrab oladi. Talabalar o‘z tadqiqotlarida yangi g‘oyalar va yondashuvlarni taqdim etib, jamoatchilik bilan samarali aloqalar o‘rnatishning innovatsion usullarini ko‘rsatib berishdi.