20.06.2021 1483

Barcha abiturientlar diqqatiga!

20-iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abiturientlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda,
— abiturient telefon raqami avtorizatsiyadan o‘tkaziladi;
— pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi;
— imtiyozlari mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlari kiritiladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abiturientlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 22-iyulga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abiturientlar 20 iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Tez orada yangi o‘quv yili uchun kvotalarni ham e’lon qilamiz.

Bo'lishmoq: