08.06.2021 711

Barcha O‘zJOKUda o‘qishni istaydi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2021-yil 11-may sanasida kelib tushgan 9742-ap/21 raqamli  murojaat yuzasidan bugun murojaat qiluvchi Egamqul Utayev bilan O‘zJOKU mas’ullari ish olib bordilar. Bizga ma’lum bo‘lishicha, murojaat qiluvchi aslida mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist, hozirda nafaqada bo‘lgan 78 yoshli Egamqul bobo O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘rib, qaytadan shu soha bo‘yicha aynan bizning universitetda tahsil olishni istagida ekanlar. “Men shu universitetda tahsil olishni, jurnalistika sohasi bo‘yicha ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rishni, tushunishni juda istayman” deydi suhbatdoshimiz. Biroq Egamqul bobo shu soha bo‘yicha tahsil olib bo‘lganlari va bakalavr, magistr (darajalarga tenglashtirilgan) diplom egasi ekanlarini hisobga olib universitetda yana qayta tahsil olishlarining iloji yo‘q ekani mas’ullar tomonidan ularga tushuntirildi. Egamqul boboni universitetning yangi binosida joylashgan radio, tele-studiyalar, zamonaviy o‘quv xonalari bilan tanishtirdik va eng asosiysi mehmonimizga talabalik vaqtlarida dars bergan ustozlari professor Muxtor Xudoyulov bilan uchrashish imkonini yaratdik. Bu samimiy uchrashuvdan albatta butun universitet jamoasi ruhlandi, universitetga bo`lgan qiziqishning bu darajada yuqori ekanidan esa, biz albatta juda quvondik.

Bo'lishmoq: