26.03.2022 353

“Bardenstein Communications” media agentligi asoschisi O‘zJOKUda

Kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Bardenstein Communications” media agentligi asoschisi va bosh direktori Eliezer Bardensteyn mehmon bo‘ldi.

Dastlab mehmon universitet va unda barpo etilgan bog‘, hayvonot olami uchun ajratilgan hudud bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida Eliezer Bardensteyn o‘zi rahbarlik qilayotgan “Bardenstein Communications” PR agentligi haqida ma’lumot berdi. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri bu Isroilning siyosiy va ishbilarmon doira vakillari uchun media strategiyasini ishlab chiqish, isroillik jurnalistlar uchun xorijiy davlatlarga press-turlar tashkil etish ekani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Imij va shaxsiy brend masalalari har doimgidanda muhimroq bo‘lib qolayotgan ayni damda PR - jamoatchilik bilan aloqalar sohasiga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham oshib bormoqda. O‘zJOKU tashkil etilganining ilk kunlaridanoq ushbu sohaga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun ham ko‘plab taniqli PR mutaxassislar dars berishadi va alohida mahorat darslari tashkil etib kelinadi.

Uchrashuvda ushbu soha bo‘yicha fikrlar almashildi va tashrif yakunida O‘zJOKU hamda “Bardenstein Communications” media, PR agentligi bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi.

Bo'lishmoq: