31.08.2020 785

Faxriy unvon muborak bo‘lsin!

Bayram ketidan bayram! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida yana bir quvonchli xabar! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qaroriga binoan, respublikada amalga oshirilaytgan islohotlarning yoritilishiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Tojiddinovich Qudratxo‘jayev "Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, mana to‘rt yildan buyon Xalqaro press-klub Qoraqalpog‘istonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘zining sayyor sessiyalari orqali yoritib kelmoqda. Qolaversa, shu yilning iyun oyida Sherzodxon Tojiddinovich boshchiligida XPK jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘p tumanlarida bo‘lib, bu yerdagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi.

Yetishib chiqayotgan yosh jurnalistlar ham huddi shunday mehnatkash va sizning davomchilaringiz bo‘lishlarini tilab, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi ushbu faxriy unvon bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusi ishlaringizga muvaffaqiyat tilab qoladi! Bu yutuqlar bardavom bo‘lishiga ishonamiz!

Bo'lishmoq: