O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan o‘tishdi.
Bu sinovlar talabalar o‘qish davomida egallagan nazariy va amaliy bilimlarni baholash uchun o‘tkaziladi. Talabalar o‘z mutaxassisligiga mos mavzularda imtihon topshirib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etadi.
Ma’lumot uchun bu yil Siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha YDA testida 69 nafar talaba, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishidan 17 nafar talaba ishtirok etdi.