16.07.2021 774

Biznes jurnalistika sohasi sizni kutmoqda!

Siz bakalavrda iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olgansiz ammo hozirda jurnalistika sohasiga qiziqishingiz bor yoki jurnalist bo‘lib ishlashni istaysiz. Bizning taklif sizni qiziqtirishi aniq!

O‘zJOKU iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan yoshlarni magistraturaga “Mediamenejment” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga taklif etadi. Siz ushbu yo‘nalishda tahsil olib, 2 yil ichida ham o‘zingiz avvaldan qiziqqan iqtisod sohasi ham endilikda aktual bo‘lgan jurnalistika mutaxassiligiga ega bo‘lasiz. Bu ikki sohaning birlashuvi siz uchun katta imkoniyatlar eshini ochishi shubhasiz!

Shoshiling, qabul kunlari oxirlab bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, magistraturaga quyidagi 12 ta mutaxassisliklar:

-  Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi;

-  Siyosiy-huquqiy jurnalistika;

-  Internet jurnalistikasi;

-  Sport jurnalistikasi;

-  Xalqaro jurnalistika;

-  Televidenie va radioeshittirish;

-  Аxborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

-  Noshirlik ishi va muharrirlik;

-  Oliy jurnalistika kurslari;

-  PR menejment va PR tahlil;

-  Sport tadbirlarini sharhlovchi;

-  Menejment (mediamenejment) bo‘yicha qabul davom etmoqda, hujjatlar online tartibda joriy yilning 30-iyuliga qadar davom etadi.

Bo'lishmoq: