23.12.2021 579

Bobolarimizning ilmiy-diniy merosi biz bilan birga

Kecha, 22-dekabr O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimotiga bag‘ishlangan “Ajdodlar merosining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Markaz ilmiy xodimlari, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi mas’ul vakillari,  hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan 15 nomdagi, jumladan Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asari 30-juzi, Abdulloh ibn Muborakning “Musnad”, Imom Buxoriyning “Sulosiyotul Buxoriy”, Jaloliddin Suyutiyning “Lubob ul-hadis”, Abu Bakr Roziyning “Tuhfatul muluk” asarlarining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimalari, shuningdek Markaz ilmiy xodimlarining bir necha mualliflik kitoblari universitetga sovg`a sifatida taqdim etildi. shuningdek, taqdimotda Markaz muassisligida chop etiladigan “Imom Buxoriy saboqlari” ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalining nashrdan chiqqan yangi soni ham namoyish etildi.

Bo'lishmoq: