Bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanmoqda
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi.
Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.
Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.