01.03.2022 723

Bugun O‘zJOKUda navbatdagi ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

Kengash masalalari muhokamasi oldidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalari tantanali taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi - Risolat Maxsimova, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi Doniyor Shog‘ulomov, Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi Sitora Yo‘lchiyevalarga universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan stipendiantlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kengashga yig‘ilgan barcha professor-o‘qituvchilar faxrli talabalarimizga eng samimiy tilaklari va kelajakdagi faoliyatlarida ham ulkan marralarni zabt etishlarini tiladilar. Shu o‘rinda talabalar ham erishgan yutuqlari uchun o‘z ustozlari va universitet jamoasiga minnatdorchilik izhor etishdi.

Bo'lishmoq: