23.09.2020 699

Bugun Shavkat Mirziyoyev BMTda chiqish qiladi

Bilazsiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da videokonferensiya shaklida oʻtadigan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqishi kutilmoqda. Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oʻzbekiston Prezidenti dunyodagi nufuzli minbardan butun dunyoga buyuk bobomiz Alisher Navoiy tilida murojaat qiladi.

 

 

Davlatimiz rahbari bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanib ulgurgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, kasallik tarqalishining oldini olish va kasallikni yengib oʻtish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtishi, shu bilan birga inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik muammolar, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, qashoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish kabi masalalarni ilgari surishi kutilyapti.

Aytish kerakki, bugungi kungacha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus va gʻoyalar jahon hamjamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanib kelinmoqda.

Bugun, barcha talabalarimiz soat 18:00 da quyidagi telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Prezident nutqlarini tomosha qilishlari uchun taklif qilamiz:

“Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston 24”,

“Zoʻr TV”,

“Sevimli TV” (oʻzbek tilida)

“Yoshlar”, “Toshkent” (rus tilida)

“Uzreport TV”, “Dunyo boʻylab” (ingliz tilida)

Bo'lishmoq: